Astronomlar eng katta qora tuynuklardan birini topishdi

Britaniyalik olimlar massasi Quyoshdan 33 milliard marta katta bo‘lgan qora tuynukni aniqlashdi.
Sputnik
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Buyuk Britaniyaning Darem universiteti astronomlari katta massali qora tuynukni aniqlashdi, u Quyoshnikidan taxminan 33 milliard marta katta. Bu haqda RIA Novosti Sky News telekanaliga tayanib xabar berdi.
Aytilishicha, masasi Quyoshnikidan 30 milliard marta katta bo‘lgan bu qora tuynuk hozirgacha topilgan eng katta qora tuynuklardan biridir.

“Bu qora tuynuklar nazariy jihatdan qanchalik katta bo‘lishi mumkinligining yuqori chegarasi, shuning uchun bu favqulodda hayajonli kashfiyot”, dedi tadqiqot muallifi Jeyms Naytingeyl.

Ma’lumot uchun, qora tuynuklar Quyoshdan bir necha million yoki milliard marta og‘irroq jismlardir. Ular ko‘plab galaktikalar, jumladan Somon yo‘lining markazida joylashgan.