TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Bugun respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat tog‘li hududlarning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +10-12 daraja, kunduzi +25-27 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 22-25 m/s gacha yetishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +10-15 daraja, kunduzi +22-27 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida ham havo biroz bulutli bo‘ladi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +9-14 daraja, kunduzi +24-29 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +9-14 daraja, kunduzi +22-27 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida harorat kechasi +10-15 daraja, kunduzi +25-30 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +7-12 daraja, kunduzi +22-27 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5-10 daraja iliq, kunduzi +12-17 daraja iliq bo‘ladi.