Toshkentda "Jara" musiqa festivali bo‘yicha tashkiliy ishlar davom etmoqda

Festival tashkilotchilari Toshkentda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan "Jara" festivali noma’lum muddatga qoldirilgani xaqida xabarga munosabat bildirishdi.
Sputnik
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Toshkentda “Jara” festivali bo‘yicha tashkiliy ishlar davom etmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga festival matbuot xizmati xabar berdi.

"Festival bo‘lib o‘tadi, bekor qilingani haqidagi ma’lumotlar ishonchli emas. Bizda hamma narsa reja bo‘yicha. Barcha tomoshabin va muxlislarni 20 va 21-may kunlari Toshkentda kutib qolamiz" - deyilgan xabarda.

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan "Jara" festivali noma’lum muddatga qoldirilgani xaqida xabarlar tarqalgandi.
Sputnik O‘zbekiston - “Jara” musiqa festivalining axborot hamkori.
"Jara" yulduzlari Toshkentda

Festival "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida 20-21 may kuni bo‘lib o‘tadi.

HammAli & Navai, Jony, Yegor Krid, Emin, Ani Lorak, Mari Kraymbreri, Diskoteka Avariya, Ivanushki International, Olga Buzova, Artik & Asti, Vanya Dmitriyenko, Mia Boyka, Lyusya Chebotina, Habib, Zvonkiy, Karna.v, Dabro, Natan, Misha Marvin, Mary Gu O‘zbekistonda chiqish qiladi.

Xonanda Emin Agalarov festivalda eng yangi dastur taqdim etilishini ma’lum qilgan edi. Festivalga ikki kun ichida 4500 ga yaqin tomoshabin tashrif buyurishi, yuzlab fan zonalari tashkil etilishi kutilmoqda.

Mavzuga doir:
“JARA” festivali yulduzlari Toshkentga keladi - video