TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Vladimir Putin Rossiya tashqi siyosatining yangilangan konsepsiyasini tasdiqladi. Bu haqida Rossiya prezidenti imzolagan hujjatga asosan RIA Novosti xabar qilmoqda.
Yangilangan konsepsiyaning asosiy jihatlari:
Rossiya o‘zini G‘arbning dushmani deb hisoblamaydi va o‘zini undan ajratib qo‘ymaydi, dushmanlik niyatida emas;
Rossiya Vashington kursini o‘z xavfsizligi va xalqaro tinchlik uchun asosiy xavf manbai deb biladi. AQShning dunyodagi hukmronligi qoldiqlarini yo‘q qilishga ustuvor ahamiyat beriladi;
Moskva barcha mamlakatlar uchun o‘zaro teng xavfsizlik tamoyilini ta’minlashga intiladi;
Xitoy va Hindiston bilan aloqalarni har tomonlama chuqurlashtirish va muvofiqlashtirish alohida ahamiyatga ega;
Yaqin xorijdagi asosiy maqsad — mintaqani tinchlik, yaxshi qo‘shnichilik va farovonlik hududiga aylantirishdir
Rossiya BRIKS, ShHT, MDH, YeOII, KXShT, RIK va boshqa birlashmalar salohiyatini mustahkamlash va jahon miqyosidagi mavqeyini oshirish tarafdori;
Undan tashqari, yangi konsepsiyada “turli madaniyatlar, dinlar va sivilizatsiyalarning konstruktiv muloqoti, sherikligi va o‘zaro boyitishi”ga ham e’tibor qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya tashqi siyosat konsepsiyasini oxirgi marta 2016-yilda tuzatgan edi. 2022-yil yanvar oyi oxirida Tashqi ishlar vazirligi dunyoda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni hisobga olishi kerak bo‘lgan yangi hujjat loyihasini yaratdi. Konsepsiyani Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida muhokama qilgach, Vladimir Putin uni yakunlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi.