Maxsus harbiy operatsiya: “Baxmut qal’asi” garnizoni taslim bo‘lmoqda

“Baxmut qal’asi” natsistlar rejimining mafkuraviy cho‘qqisi bo‘lsa, unda Ukraina - Pentagon “laboratoriyasi” bo‘lib, u yerda yangi urush texnologiyalari sinovdan o‘tmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 31 mar - Sputnik. Ukraina Qurolli Kuchlari bo‘linmalari Artyomovskni halok bo‘lib, chekinib yoki taslim bo‘lgan holda tark etmoqda. “Baxmut qal’asi” bilan birgalikda natsistlar mafkurasi va Kiyev rejimi mifologiyasi parchalanmoqda. AQSh va NATOning harbiy yordami Ukrainaning abadiy yo‘qotishlarini ko‘paytiradi, Rossiya maxsus harbiy operatsiyasi maqsadlari va yo‘nalishiga esa ta’sir qilmaydi.

Kuchli artilleriya tayyorgarligidan so‘ng, 30-martga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari otradlari Artyomovskda uch yo‘nalishda hujum amaliyotlarini boshladilar va bir nechta markaziy kvartallarni (Kuznechnaya, Nezavisimost va Svoboda ko‘chalari) shuningdek, shahar borini hududini nazorat ostiga olishdi. Ma’muriy binolar uchun kurashlar davom etmoqda.

Artyomovsk deyarli butunlay vayron qilindi, ko‘p qavatli turar-joy binolari mutlaqo bo‘m-bo‘sh. “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi artilleriyasi va hujumchilari Ukraina bo‘linmalarining chekinib, shaharni tark etishiga yo‘l qo‘ymayapti. Manyovr qilish imkoniyatlari cheklangan hududlarda UQKning harbiy xizmatchilari yordam va o‘q-dorilar yo‘qligi sababli o‘q ostida halok bo‘lmoqda yoki taslim bo‘lmoqda. Rossiya harbiy kuchlari shaharga olib boradigan barcha asfalt yo‘llarni to‘sib qo‘ygan yoki o‘qqa tutmoqda, loygarchilik esa hatto “yashirin yo‘llar” bilan ham o‘q-dorilar va yordam olib kelishga imkon bermaydi. “Baxmut qal’asi”artilleriyasi mag‘lubiyatga uchragan yoki Chasov Yarga qochgan va qarshi hujumga qodir emas.

UKQ Bosh shtabi Rossiyaning Artyomovskdagi “qisman muvaffaqiyatini” tan olishga majbur bo‘ldi. Ukrainalik jangchilardan biri “Deutsche Welle” nashriga bergan intervyusida o‘n minglab o‘lgan hamkasblari haqida gapirdi va hatto yig‘lab ham yubordi. Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar bu qayg‘uli holatga sovuqqonlik bilan munosabat bildirdi: “Yo‘qotishlar – urushning muqarrar oqibatidir. Yo‘qotishlarsiz iloj yo‘q. Urushayotgan tomonning asosiy vazifalaridan biri – dushmanning jismoniy kuchini yo‘q qilishdir”.

Eng oddiy hisob-kitoblarga ko‘ra, UKQning so‘nggi olti oy ichida Artemovsk viloyatidagi yo‘qotishlari 60 mingdan ortiq kishini, RT ma’lumotlariga ko‘ra – oyiga 35 ming kishini tashkil etdi. Kiyev rejimi bunday katta qurbonliklarga Baxmut/Artyomovsk transport hududining ahamiyati yoki e’lon qilingan Rossiya “yuqori kuchlarining charchagani” uchun emas, balki G‘arbning qo‘llab-quvvatlashini yo‘qotish va ohir-oqibat qo‘shin ruhiyatini “tushurib yubormaslik” uchun bunday qurbonliklarga yo‘l qo‘ymoqda. “Baxmut qirg‘ini”da omon qolgan ukrainalik jangchilar ruhiy yordamga muhtoj, qolaversa, Artyomovskni “ommaviy qabr” deb atashmoqda. Endi nima bo‘ladi?
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uchun UKQning Donbassdagi yangi mag‘lubiyati siyosiy o‘limga o‘xshaydi va bundan keyin jismoniy o‘limga ham ko‘p qolmaydi. Ba’zi G‘arb OAVlari “Artyomovsk uchun jang Ukraina mojarosining natijasini belgilashi mumkin”, deb hisoblaydi va bu ramziy mubolag‘a emas.

Rossiya strategiyasi

Kecha “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin tasdiqladi: “Baxmut uchun jang Ukraina armiyasini va u bilan birga “o‘rnatilgan” xorijiy bo‘linmalarni amalda yo‘q qildi. UQKni tizimli ravishda demilitarizatsiya qilish davom etmoqda. Mobil zaxiradan “qarshi hujum” uchun jalb qilingan “yangi otrad” MHOning dastlabki 400 kunida yo‘q qilingan Ukraina qo‘shinlaridan motivatsiya va tayyorgarlik darajasi bo‘yicha sezilarli darajada farq qiladi va yaxshi tomonga emas. UQKning ulkan yo‘qotishlari (yuz minglab malakali jangchilar halok bo‘ldi), NATO davlatlarining Kiyevga ko‘rsatayotgan yordam darajasi pasayishi (arsenallar bo‘shab qolgan) Artyomovsk shahrini yaqinda va muqarrar ravishda ozod qilinishdan ko‘ra (aprel yoki may oylarida) obyektiv ravishda muhimroqdir.
“Baxmut qal’asi” ning qulashi Chasov Yarni ozod qilish va UQKning Slavan-Kramatorsk mustahkamlangan hududini mag‘lub etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Bu yerda hech qanday illyuziya bo‘lmasligi kerak. Kecha Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning Ukraina misolida siyosiy va diplomatik yo‘l bilan maxsus operatsiya maqsadlariga erishish mumkin emasligini aytgani ham bejizga emas. MHO rejalashtirilgan tarzda davom etadi (demilitarizatsiya va denatsifikatsiya) va faqat harbiy usullar bilan yakunlanadi. UQKning barcha safarbarlik zaxirasini jismoniy yo‘q qilish shart emas. Rossiya Qurolli Kuchlarining strategiyasi –Ukraina armiyasini to‘liq zaiflashtirish va maxsus operatsiyaning siyosiy maqsadlariga erishish.

Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin 29-mart kuni ta’kidlab o‘tdi: “Biz chegaralarimizda ochiqdan-ochiq Rossiyaga qarshi davlat mavjudligiga toqat qilmaymiz”. Shuningdek,Ukraina va Yevropada “keng qamrovli, adolatli va barqaror tinchlik” parametrlarini belgilab berdi.

Ukrainada tinchlik o‘rnatish uchun asosiy shartlar:

UQKning jangovar harakatlarini va G‘arb davlatlari tomonidan qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatish;
xorijlik yollanma askarlarni Ukraina hududidan chiqarib tashlash;
Ukrainaning neytral va blok bo‘lmagan maqomini ta’minlash;
Ukrainaning NATO va YeIga a’zo bo‘lishdan bosh tortishi;
Ukrainaning yadrosiz maqomini tasdiqlash;
Kiyev va xalqaro hamjamiyat tomonidan yangi hududiy ko‘rinishlarni tan olinishi.
Ehtimol, Rossiyaning Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish shartlari kimgadir haddan tashqari qattiqqo‘l tuyulishi mumkin. Lekin ertami-kechmi, bular amalga oshadi. AQSh va NATOdan farqli o‘laroq, Rossiya o‘zini ko‘rsatish va uchinchi dunyo davlatlarining tabiiy resurslarini talon-taroj qilish uchun “chang ko‘tarmaydi”, balki o‘z chegaralarida strategik harbiy tahdidlarni bartaraf qiladi, ko‘p qutbli dunyoni mustahkamlaydi, teng va bo‘linmas xavfsizlik tizimini yaratadi. Albatta, Vashington va uning yo‘ldoshlariga bu xush kelmaydi. Hatto britaniyalik oddiy odamlarga ham AQSh nega ukrainalik qo‘g‘irchoqlarning mojarodan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi aniq.

Agar “Baxmut qal’asi” natsistlar rejimining mafkuraviy cho‘qqisi bo‘lsa, unda butun Ukraina Pentagonning “laboratoriyasi” bo‘lib, unda yangi urush texnologiyalari o‘rganilmoqda.

Kosmik aloqa va ma’lumotlar uzatish, sun’iy intellekt, uzoq masofali havo hujumidan mudofaa tizimlari va “havo-havo” raketalari, beshinchi avlod qiruvchi samolyotlari, shuningdek, yuqori aniqlikdagi qanotli va gipertovushli raketalardan, uchuvchisiz harakatlanuvchi apparatlar va dengiz dronlaridan ommaviy foydalanish. Bu yerda Amerika harbiy-sanoat kompleksi uchun katta istiqbollar va AQShning mavjudligi uchun katta xavflar mavjud.
Ukraina va Yevropani harbiy harajatlar zinapoyasiga olib chiqayotgan, ularni ko‘proq tank va samolyotlar sotib olishga, artilleriya snaradlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirishga majburlayotgan Rossiya emas. Biroq, Moskva AQSh va NATOni tinchlikka majburlash uchun kuchli va yuqori texnologiyali vositalarga ega – minglab zamonaviy tanklar, samolyotlar, gipertovushli raketalar va yadro kallaklari.
Qizig‘i shundaki, kecha afg‘on toliblari tomonidan tahqirlangan G‘arb jamoasi bugun Rossiyani “strategik mag‘lubiyat” bilan tahdid qilmoqda va taktik yoki strategik yadroviy javob qaytarilishiga – Moskva ogohlantirishlarining og‘ir haqiqatiga ishonmaydi.
Ehtimol, maxsus operatsiya fonida Vashington “uchinchi belgini”ni yaxshiroq tushunib yetadi – 29-mart kuni Strategik raketa qo‘shinlari Novosibirsk raketa diviziyasining “Yars” strategik mobil komplekslarini joylashtirish bo‘yicha Rossiyaning bir qancha hududlarida keng ko‘lamli mashg‘ulotlar boshlandi. Xalq aytadiki: “Yars o‘zini ayon qilmagunicha, Bayden tavba qilmaydi”.