TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Yadroviy davlatni yengib bo‘lmaydi, va agar Rossiya unga parchalanish tahdid solayotganini anglasa, u “eng dahshatli qurolini” qo‘llaydi. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi.
“Yadroviy davlatni yengishning iloji yo‘q, agar Rossiya rahbariyati vaziyat Rossiya parchalanishi bilan tahdid qilayotganini tushunsa, eng dahshatli qurol qo‘llaniladi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik kerak”, - dedi u Belarus xalqi va parlamentiga yo‘llayotgan murojaatnomasi chog‘ida.
“Buning ustiga ukrainaliklarning hisoblashicha, ular g‘alaba qozonadi. Bu aqlsizlik, yadroviy davlatni yengishning iloji yo‘q”, - dedi Lukashenko.
Avvalroq Aleksandr Lukashenko Ukrainadagi jangovar harakatlarni to‘xtatishga va sulh e’lon qilishga chaqirgani xabar qilingan edi.