Ilon Mask latifa bilan sun’iy intellekt xavfidan ogohlantirdi

Ilon Mask o‘z hazili bilan, sun’iy intellektning nazoratsiz rivojlanishi xavfi haqida ogohlantirdi.
Sputnik
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Neyron tarmoqlar va sun’iy intellekt rivojlanishini to‘xtatib turish bo‘yicha takliflar fonida amerikalik biznesmen Ilon Mask super intellektni ishlab chiquvchilar haqidagi latifani eslatdi.
Ilon Mask bu latifa bilan sun’iy intellektning nazoratsiz rivojlanishi xavfi haqida ogohlantirdi.

"Agnostik-texnologlar Xudo bor yoki yo‘qligini aniqlash uchun sun’iy super intellekt yaratayotgani haqidagi eski hazil. Nihoyat ular tugatib, savol berishadi. Sun’iy intellekt javob beradi: "Endi bor", - deb yozdi u o‘zining Twitter sahifasida.

Avvalroq Mask va ushbu sohadagi 1000 dan ortiq boshqa mutaxassislar barcha laboratoriyalarni kuchli sun’iy intellekt tizimlari bo‘yicha tadqiqotlarni kamida 6 oyga zudlik bilan to‘xtatishga chaqirgan edi.
Ularning fikricha, bunday tizimlar jamiyat uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Tanaffus xavfsizlik protokollarini ishlab chiqish uchun kerak. Aks holda bizni mashinalar qo‘zg‘oloni kutmoqda, hech kim sun’iy intellekt tizimlarining xatti-harakatlarini oldindan aytib bera olmaydi.