Iftorlik va sumalak — Mirziyoyevning Nukusga tashrifining birinchi kuni qanday o‘tdi?

Qayd etilishicha, prezidentning mahalla bilan tanishishi uzoq davom etdi. Davlat rahbari shu yerlik Quo‘anshbay Seytnazarov xonadonida iftorlik qildi. Shuningdek, mahalla ahlining sumalak saylida ham ishtirok etdi.
Sputnik
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi Altin jag‘is mahallasida bo‘lib, aholi hayoti bilan yaqindan tanishdi. Shu yerlik Quo‘anshbay Seytnazarov xonadonida iftorlik qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, prezidentning mahalla bilan tanishishi uzoq davom etdi. Davlat rahbari shu yerlik Quo‘anshbay Seytnazarov xonadonida iftorlik qildi.
Shuningdek, mahalla ahlining sumalak saylida ham ishtirok etdi.
Bu yerda 4 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Altin jag‘is o‘tgan yili bu yer “Obod mahalla” dasturiga kiritilib, keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Yo‘l, elektr energiyasi, ichimlik suvi hamda gaz tarmoqlari yangilandi.
Mahalla binosi yangidan qurilib, uning atrofida bolalar maydonchalari, tibbiyot punkti, tadbirkorlikka ko‘maklashuvchi markaz, savdo shoxobchasi tashkil etildi. Zamonaviy sport majmuasi qurib bitkazilmoqda.
Davlat rahbari mahalladagi o‘zgarishlarni ko‘zdan kechirdi, aholi bilan suhbatlashdi.
– Mahallangiz obod bo‘lganini, odamlar yuzidagi rozilikni ko‘rib xursandman. Buni hamma joyda davom ettiramiz. Qoraqalpog‘iston mahallalarini obod qilish, suv, yo‘l, elektr ta’minotini yaxshilash, maktab, bog‘cha va tibbiyot punktlarini qurish va ta’mirlash uchun bu yil 1,5 trillion so‘m berayapmiz. Bundan tashqari, Qoraqalpog‘istondagi 452 ta mahallaning har biriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 500 million so‘mdan qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi. Muammoni mahallaning o‘zi ko‘tarsin, o‘ziga pul beraylik, o‘zi nazorat qilsin. Shunda sifat va manfaat bo‘ladi. Odamlar rozi bo‘ladi, – dedi prezident.
Aytilishicha, mahallaning yeri unumdor emas. Aholi asosan xizmat ko‘rsatish orqali daromad oladi. Mahallada maishiy xizmat shoxobchalari, tikuvchilik korxonalari, novvoyxona, mebelsozlik va texnik xizmat ustaxonalari bor. Kelgusida quyonchilik va baliqchilikni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.