TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Dam olish kunlari respublikaning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi, faqat sharqiy hududlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Respublikaning ba’zi joylarida 1-2 aprel kunlari 15-20 m/s tezlikda shamol esadi. Shimol va cho‘l hududlarida shamolning tezligi 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Yakshanba kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘adi. Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Respublikaning ayrim hududlarida do‘l yog‘ishi mumkin. Faqat sharqiy hududlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
31 mart va 2-aprelda tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.