TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Yekaterinburgda “The Wall Street Journal” muxbiri Evan Gershkovichni josuslikda gumon qilib qo‘lga oldi. Bu haqda RIA Novosti FXX bergan ma’lumotga tayangan holda xabar berdi.
“RF FXX tomonidan Amerika hukumati manfaatlari yo‘lida josuslikda gumon qilinayotgan Rossiya TIV huzurida akkreditatsiya qilingan Amerikaning “The Wall Street Journal” gazetasi Moskva burosi muxbiri, 1991-yilda tug‘ilgan AQSh fuqarosi Gershkovich Evanning noqonuniy faoliyatining oldi olindi”, - deyilgan xabarda.
“Evan Gershkovich Amerika tomonining topshirig‘i bilan harakat qilib, davlat sirini hisoblangan Rossiya harbiy-sanoat kompleksi korxonalaridan birining faoliyati haqida ma’lumot to‘plagani aniqlandi”, - deya qo‘shimcha qilgan FXX.
FXX Tergov boshqarmasi AQSh fuqarosiga qarshi Rossiya JKning 276-moddasi bilan (josuslik) jinoiy ish ochgan.
Gazeta saytida keltirilishicha, Gershkovich Rossiya, Ukraina va sobiq SSSR mamlakatlari bilan bog‘liq mavzularni yoritgan. WSJ dan oldin “Frans-Press” hamda “New York Times” va “Moscow Times” nashrlarida ishlagan.