Putin VDNXda “Rossiya” xalqaro forumini o‘tkazishni topshirdi

Forumga ishtirokchi sifatida do‘st xorijiy mamlakatlar taklif qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2023-2024 yillarda Moskvadagi Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi (VDNX) hududida “Rossiya” xalqaro iqtisodiy forumini o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berdi. Davlat rahbarining tegishli farmoni rasmiy huquqiy axborot internet portalida chop qilingan.
Hujjatdan ma’lum bo‘lishicha, tadbir Rossiyaning iqtisodiyotning turli sohalarida, jumladan, sanoat, energetika, transport, qurilish, ilm-fan va madaniyatda erishgan muhim yutuqlarini namoyish etish maqsadida o‘tkaziladi.
Forumni o‘tkazish uchun tashkilot qo‘mitasi tashkil etiladi va uning raisi Sergey Kiriyenko bo‘ladi.
Farmonga ko‘ra, forumga ishtirokchi sifatida do‘st xorijiy mamlakatlar taklif qilinadi. Rossiya mintaqalari o‘zlari erishgan yutuqlarini ishtirokchilarga taqdim etishadi.
VDNX Moskvada 1939-yilda ochilgan. Sovet Ittifoqi davrida respublikalar ko‘rgazmada qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, zamonaviy san’at, kosmik texnologiyalar va boshqa sohalarda erishgan yutuqlarini muntazam namoyish etib kelishgan. U yerda, jumladan, “O‘zbekiston” paviloni bor.