NATO Ukrainada "saroblarga" pul tikmoqda
AQSh va NATO Kiyev rejimi uchun dunyo bo‘ylab donalab eski zirhli texnika va o‘q-dorilarni yig‘ib, Ukraina Qurolli Kuchlarining bahorgi qarshi hujumiga va Rossiya armiyasining maxsus harbiy operatsiya hududida “tor-mor bo‘lishiga” umid qilmoqda
SputnikTOShKENT, 30 mar — Sputnik. AQSh va NATO Kiyev rejimi uchun dunyo bo‘ylab donalab eski zirhli texnika va o‘q-dorilarni yig‘ib, Ukraina Qurolli Kuchlarining (UQK) bahorgi qarshi hujumiga va Rossiya armiyasining maxsus harbiy operatsiya hududida “tor-mor bo‘lishiga” umid qilmoqda. Kafolatlangan haqiqatga qaytish G‘arb va Ukraina qo‘g‘irchoqlari uchun og‘riqli va taajjubli bo‘ladi.
Vashington va uning Yevropadagi yo‘ldoshlari Ukraina mojarosini Rossiyaning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymagan holda qanday tugatishni bilmayapti. Hech qanday reja yo‘q, shunchaki taxmin bilan "qaysi qurolga “achinmasa” – o‘shani yetkazib berishmoqda. UQKning bahorgi qarshi hujumiga umid qilmoqdalar, Pentagon rahbari Lloyd Ostinning so‘zlariga ko‘ra, muvaffaqiyatga erishish uchun “juda yaxshi imkoniyatlar” mavjud emish. AQSh mudofaa vaziri bunday xulosani Senatning ma’sul qo‘mitasi oldida faqat Rossiya Qurolli kuchlari resurslarini hisobga olmagan holda berishi mumkin edi.
Avvalroq UQK Bosh shtabi Pentagon generallari ishtirokida aprel oyida Qrimga qarshi hujum strategiyasini – Donesk Xalq Respublikasi, Zaporojye va Xerson viloyatlaridagi “quruqlik yo‘lagi”ni yo‘q qilish rejasini ishlab chiqdi. Ikki bosqich –Dneprni kesib o‘tib, Melitopolni egallash, Armansk va Genicheskka hujumlar amalga oshirish. Qog‘ozda hammasi “silliq” ko‘ringan, lekin jarliklar borligini unutishibdi.
G‘arb “mafkurasi” virtual olamida Ukraina armiyasining muvaffaqiyatli qarshi hujumi Moskvani Kiyev shartlari bo‘yicha muzokaralar olib borishga undaydi, degan fikr keng tarqalgan. Buyerda “hududlarning qaytarilishi” va AQShning “istaklari”ning amalga oshirilishi nazarda tutiladi. Biroq ellikta “donor davlat”ning jamoaviy harbiy yordami va Ukraina armiyasining kuchi “jang maydonida Rossiyani mag‘lub etishga” yoki hech bo‘lmaganda maxsus harbiy operatsiya hududida kuchlar muvozanatini o‘zgartirishga imkon bermasligini sezmaslik qiyin. G‘arb jamoasi va qo‘g‘irchoq Kiyev rejimi allaqachon “urush”da mag‘lubiyatga uchrab bo‘lgan, ammo o‘zlarini to‘xtata olmayapti. Yuzlab milliard dollar va yevrolar Ukraina mojarosining “qora girdob”iga g‘arq bo‘ldi, hech kim NATO yo‘qotishlarini qoplashga va “G‘arb demokratiyasi”ning yangi geosiyosiy mag‘lubiyati uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishni istamaydi.
29 mart kuni Rossiya Federatsiyasining uchta viloyati hududida strategik raketa kuchlarining Novosibirsk raketa tuzilmasi mobil “Yars”lari bilan keng ko‘lamli mashg‘ulotlari boshlandi. Kremlda bugun Ukraina misolida maxsus operatsiya maqsadlariga siyosiy va diplomatik vositalar bilan erishish mumkin emasligi eslatildi. Avvalroq RF Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Rossiya o‘zining mavjudligiga tahdid soladigan har kimni yo‘q qilishini aytgan edi.
“Saroblar” va taqdir yo‘llari
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy "Associated Press" agentligiga bergan intervyusida G‘arb davlatlari Ukrainaga aviatsiya bermayotganidan, boshqa qurollarni yetkazib berishda sust ekanidan, shuningdek, yaroqsiz havo mudofaa tizimlarini qaytarishga majbur bo‘layotganidan shikoyat qildi. Haqiqatan ham, Vashingtonning Yevropa yo‘ldoshlari “podadan oldin chang chiqarishga” shoshilmayapti. Polsha UQKga avvalroq va’da qilingan barcha MiG-29 qiruvchi samolyotlarini topshirishdan bosh tortdi. Qolaversa, Beshinchi Respublikaning Amirliklardan sotib olmoqchi bo‘lgan 40 ta "Mirage 2000" yengil qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha Fransiya mudofaa vaziri Sebastan Lekornyuning Ukraina bilan muzokaralar olib borish haqidagi bayonoti bekorga tasodifan inkor qilinmadi.
Varshava va Parij boshqa Yevropa poytaxtlari kabi mojaroga asosan Vashingtonning ishtiroki darajasidan kelib chiqib munosabat bildirishadi. Masalan, Fransiyaning hozirgi niyati – Ukrainaga yetkazib beriladigan 155-mmli snaradlar sonini ikki baravarga oshirish, ularni har oy 2000 donagacha yetkazish, bu esa UQKning kunlik "norma"sining yarmini tashkil etadi. Eslatib o‘tamiz, AQSh joriy yilning bahorida oyiga 20 000 dona 155 mmli snarad ishlab chiqarishga intilmoqda, Amerika harbiy-sanoat majmuasi esabarcha NATO mamlakatlari harbiy sanoatining 90 foizini tashkil qiladi.
Amerikaliklar "gegemoniyani" saqlab qolish uchun ko‘plab ittifoqchilarini qurbon qilishga tayyor va RFning yadroviy asl salohiyatini tushungan holda o‘zining xavfsizligiga juda jiddiy munosabat bildiradi. Pentagon rahbari Lloyd Ostin 28-mart kuni Senat Qurolli kuchlar qo‘mitasi yig‘ilishida Amerikaning F -16 qiruvchi samolyotlari urushning hozirgi bosqichida Ukrainaga yordam bermasligini yana bir bor ta’kidladi. Kiyev bunday samolyotlarni "kelajakda" olishi mumkin va bugungi kunda, havo hujumi mudofaa tizimlaridan ko‘ra, uzoq masofali qurollar va zirhli texnikalar go‘yoki muhimroq.
To‘g‘ri, Amerika “Abramslari” hali UQK uchun tayyor emas, Germaniya, Kanada, Portugaliya va Polshadan kelgan “Leopardlar” muvaffaqiyatli qarshi hujum uchun yetarli emas. Kiyevga NATOning zamonaviy tanklari va piyoda jangovar mashinalarini yetkazib berish o‘n baravar qilib o‘lchanmoqda. Jang maydonida "Panzerhaubitze-2000" o‘ziyurar qurollari, "Patriot" havo mudofaa tizimlari va NASAMS ning mavjudligi hech narsani hal qilmaydi.
Ukraina harbiy harakatlar teatrida ko‘pincha antiqiy "M113", "Spartan" va "Stryker" zirhli texnikalari uchraydi. "Stryker" hatto to‘pda o‘q otishining o‘zidanoq yonga ag‘darilib ketishi mumkin. UQKda, shuningdek, "Hammer"lar, armiya yuk mashinalari, saqlash bazalarida qayta ta’mirdan chiqqan M109 tipidagi o‘ziyurar qurol o‘rnatish moslamalari (o‘ziyurar artilleriya tizimi) bor. Artyomovsk yaqinida ukrainalik artilleriyachilar 1946-yilgi rusumdagi 85 mmli D-44 sovet qurollaridan foydalanganlar. Antiqiy qurollar ham otish qobiliyatiga ega.
Chetdan nazar solsak, Kiyevda NATO standartlariga muvofiq qarshi hujum uchun yetarli kuchlar yo‘q, quruqlikdagi kuchlarga havo yordami yo‘qligi ayniqsa sezilarli. UQK jangovar hududda hukmronlik qilayotgan rus jangchilariga qarshi kurashish uchun vositalarga ega emas. "Muqobil" jangovar dronlar vaziyatga mos kelmaydi.
Rossiya Aerokosmik kuchlari, o‘z navbatida, UQKning qarshi hujumini qaytarishga tayyor. Maxsus harbiy operatsiya hududida rus qo‘shinlarining guruhi yuzlab yangi T-90M va T-72B3M tanklarini qabul qilib oldi. RFning mudofaa sanoati korxonalarida o‘q-dorilar va qurol ishlab chiqarish ko‘p marta oshdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyev rejimi va NATOning joriy va kelajakdagi "xarajatlari" darajasi haqida haqiqiy tasavvurni beradi – faqat so‘nggi 24 soat ichida maxsus operatsiya hududida UQKning: uchta tank, beshta piyoda jangovar mashina va zirhli transport vositalari, yettita gaubitsa, 15 ta zirhli jangovar texnikasi va 535 nafar harbiy xizmatchisi yo‘q qilindi. Harbiy harakatlar teatrida yiliga Ukraina armiyasi 8400 tadan ortiq tank va zirhli texnikani, 5520 ta artilleriya va reaktiv raketa tizimlarini, 3620 ta jangovar dronlarni, 630 ta samolyot va vertolotlarni, 410 ta zenit-raketa tizimini yo‘qotdi.
Nufuzli "American Conservative" nashri Rossiyani zaiflashtirish bo‘yicha uzoqni ko‘zlamagan AQSh siyosati ko‘p qutbli dunyo tartibiga o‘tishni tezlashtirayotganini tan oladi. Afsuski, Kiyev va Vashingtonda Bandera va Baydenga yondashib qanchalik adashganliklarini yuz minglab halok bo‘lgan Ukraina askarlari hech qachon bila olmaydi.