Nafis bezakli saroy: Amaliy san’at muzeyi sirlari - video

O‘zining nafis bezaklari va uslublar uyg‘unligi bilan bugun ham odamni lol qoldiruvchi Amaliy san’at muzeyi binosi qanday paydo bo‘lgan edi?
Sputnik
TOShKENT, 30 mar - Sputnik. Toshkentdagi Amaliy san’at muzeyi binosi nafis did va uyg‘unlik ramzi, desak xato bo‘lmaydi. Uning betakror tashqi va ichki ko‘rinishi, undagi sharqona naqshlarning g‘arb va rus arxitekturasi bilan uyg‘unlashuvi haligacha insonni hayratda qoldiradi. Toshkentning eng go‘zal muzeylardan birining tarixi Sputnik videolavhasida.
Ushbu binoni rus diplomati Polovsev 1896-yilda sotib oladi va qayta quradi. Buning uchun Toshkent, Xorazm, Rishton, Xo‘jand va Buxorodan kelgan 60 dan ortiq eng yaxshi ustalar taklif etiladi. Binoning kirish qismini bezash ishlari 8-yil davom etgan. Xona devorlari esa 200 dan ortiq noyob naqshlar bilan bezatilgan.
Bugun bu yerda 7 mingdan ortiq O‘zbekiston amaliy san’atining eng yetuk namunalari saqlanmoqda.