Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga bordi

Tashrif davomida yangi korxonalar ishga tushirilib, respublikada sanoatni rivojlantirish yo‘nalishlari belgilanadi.
Sputnik
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji va aholi hayoti bilan tanishish maqsadida 30-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bordi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif davomida yangi korxonalar ishga tushirilib, respublikada sanoatni rivojlantirish yo‘nalishlari belgilanadi.
Shuningdek, davlat rahbarining yoshlar bilan muloqot qilishi, mahallalardagi ishlarni ko‘zdan kechirishi hamda madaniy tadbirda ishtirok etishi rejalashtirilgan.