Referendum — 2023

O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlar qachondan kuchga kirishi mumkin?

Referendumda Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar qabul qilinsa, ular darhol kuchga kirishi ta’kidlandi.
Sputnik
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. O‘zbekistonda 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar qabul qilinsa, ular darhol kuchga kiradi. Bu haqda O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi maslahatchisi Zokir Zaitov jurnalistlarga ma’lum qildi.
“Konstitutsiya prezident imzosisiz kuchga kiradigan yagona qonun bo‘ladi. Referendum natijalari e’lon qilinganidan keyin”, — dedi u brifingda.
O‘zbekistonda 30-aprel kuni Konstitutsiya bo‘yicha referendum o‘tkazish rejalashtirilgan. Referendumda muddatidan oldin ovoz berish jarayoni 19-26 aprelda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid:

MSK referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish rejasini tasdiqladi
Konstitutsiya loyihasi matni e’lon qilindi — hujjat qachon kuchga kiradi?
Konstitutsiyaviy qonun loyihasini referendumga qo‘yishga monelik qiluvchi holatlar aniqlanmadi