TOShKENT, 30 mar — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Ashxobodda Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Bu haqda Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Baxtiyor Saidov Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi
© Baxtiyor Saidov
“Davlatlarimiz rahbarlari o‘rtasida o‘rnatilgan yaqin va do‘stona aloqalar barcha sohalarda strategik sheriklikni rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratmoqda”, - deb yozadi Saidov.
Baxtiyor Saidov Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi
© Baxtiyor Saidov
Shuningdek, O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.
Baxtiyor Saidov Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi
© Baxtiyor Saidov
“Ko‘p asrlik mushtarak tarixiy merosga tayangan holda bugun mamlakatlarimiz Markaziy Osiyoda izchil taraqqiyot, tinchlik va barqarorlikni ilgari surmoqdalar”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, doimiy muloqot va almashinuvlar har tomonlama rivojlantirib borilmoqda.