TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Endi yo‘l patrul xizmati xodimlari (YPX) rasmiy ravishda narkotesterdan foydalanadi. Vazirlar Mahkamasining Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Xususan, o‘zgartirish va qo‘shimchalar quyidagilarni nazarda tutadi:
transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste’mol qilganligi holatini aniqlashda narkotester maxsus moslamasidan foydalanish;
narkotester maxsus moslamasi yordamida transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste’mol qilganligi aniqlangan hollarda yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar algoritmi.
Hujjat 25-may kunidan kuchga kiradi.
Avvalroq YPX xodimlariga narkotesterdan foydalanishga ruxsat berilishi kutilayotgani xabar qilingan edi.