TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Toshkentda "Silk Avia" aviakompaniyasining ikkinchi samolyoti kutib olindi va ushbu laynerda bolalar uchun sayohat tashkil etildi, deya xabar berdi "Uzbekistan Airports".
"Silk Avia" aviakompaniyasi
© Uzbekistan Airports
Bu “Bangkok Airways” aviakompaniyasidan sotib olingan uchta ATR 72-600 samolyotlarining ikkinchisi. Bort Bangkokdan Toshkentga oltita bekat — Singapur, Hindiston, O‘mon, Misr, Kipr va Ozarbayjon orqali uchib kelgan.
"Silk Avia" aviakompaniyasi
© Uzbekistan Airports
Tez orada yana bir havo kemasi kelishi, shuningdek, liveriya arizasi va aviakompaniya uchun aviaoperator sertifikatini olish kutilmoqda.
"Silk Avia" aviakompaniyasi
© Uzbekistan Airports
Rasmiy marosimdan tashqari, "Uzbekistan Airports" o‘z xodimlarining farzandlari uchun ochiq eshiklar kunini o‘tkazishga qaror qildi.
"Bu mahalliy aviatsiyada bunday turdagi birinchi havo kemalari bo‘lib, ular nafaqat bolalar, balki kattalarda ham qiziqish uyg‘otdi. Yaqin kelajakda aviatsiyaga qiziqqan bolalar uchun yana bir nechta shunday sayohatlar o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz", — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, "Silk Avia" aviakompaniyasining yo‘nalishlar tarmog‘i eng ommabop yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: Toshkentdan Samarqand, Buxoro va Urganch, shuningdek, Farg‘ona vodiysi shaharlari.
"Silk Avia" aviakompaniyasi
© Uzbekistan Airports
Eslatib o‘tamiz, 21-mart kuni “Silk Avia” mintaqaviy milliy aviakompaniyasining birinchi samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ngan edi.