Ilk bor “O‘zbekiston zamonaviy miniaturasi” katalogi yaratildi — foto

Katalogdan Badiiy ijodkorlar uyushmasiga a’zo 40 nafar rassom, xattot va naqqoshlarning 100 dan ortiq asarlari o‘rin olgan.
Sputnik
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor badiiy ijodkorlar asarlarini o‘zida jamlagan “O‘zbekiston zamonaviy miniaturasi” katalogi yaratildi. Bu haqda Badiiy akademiya o‘tkazgan matbuot anjumanida akademiya raisi Akmal Nur ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
“O‘zbekiston zamonaviy miniaturasi” katalogi Badiiy akademiya tomonidan o‘zbek milliy merosni targ‘ib qilish maqsadida o‘zbek, rus va ingliz tillarida yaratilgan.
O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi, Badiiy akademiyaning "San’at" jurnali va Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatura san’ati muzeyi hamkorligida nashrga tayyorlangan va 1000 nusxada chop etilgan.
1 / 5
2 / 5
3 / 5
4 / 5
5 / 5
Shuningdek, matbuot anjumanida O‘zbekistonda ilk bor ochilgan tasviriy san’at asarlari auksion uy haqida qo‘shimcha ma’lum berildi.

“Biz mamlakatimizda birinchi marotaba ijodiy asarlar savdosi uchun “Art gallery” nomli auksion uyini ochdik. Rassomlarni qo‘lida kartinalar bo‘lsa, “Art gallery” auksion uyiga topshiradi, u yerda maxsus mutaxassislar asarni o‘rganadi. Biz bu mutaxassislarni 2-yil davomida tayyorladik. Mutaxassislar auksion uy uchun topshirilgan asarlarni originalligini, plagiat va boshqa tomonlarini o‘rganishadi hamda boshlang‘ich qiymatini belgilab berishadi. Kartinaning keyingi “taqdiri” esa auksion savdoga bog‘liq”, - dedi Badiiy akademiya raisi Akmal Nur.

Eslatib o‘tamiz, birinchi auksion aprel oyining o‘rtalarida o‘tkaziladi. Unda respublikada yashab ijod qilgan mashhur rassomlar bilan bir qatorda, tanilmagan rassomlarning asarlari ham savdoga qo‘yiladi.