Og‘ir atletika: Diyorbek Ermatov JChda oltin va bronza medallariga sazovor bo‘ldi

Og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ilk medallariga ega chiqdi.
Sputnik
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Albaniyaning Durres shahrida o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchi Diyorbek Ermatov 3 ta medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabar berdi.
Musobaqa doirasida 81 kg vazn toifasida supaga chiqqan Diyorbek Ermatov 1 ta oltin va 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Diyorbek Ermatov
U o‘zining sevimli dast ko‘tarish mashqida 145 kg bilan eng yuqori natija qayd etdi. Siltab ko‘tarishdagi 169 kg va ikki kurashdagi 314 kg uni shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilishini ta’minladi.
Og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati

Mavzuga oid:

Diyorbek Ermatov og‘ir atletika bo‘yicha JChda 3 ta medalga sazovor bo‘ldi.
Og‘ir atletikachi Diyorbek Ermatov JChda oltin medalni qo‘lga kiritdi.