Rossiya aviakompaniyasi Sochi—Urganch parvozlarini yo‘lga qo‘ydi

Sochidan Urganch xalqaro aeroportiga parvozlar haftada bir marta — chorshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Rossiyaning “Azimut” aviakompaniyasi "Sochi-Urganch-Sochi" yo‘nalishi bo‘yicha birinchi muntazam yo‘lovchi qatnovini amalga oshirdi. Bu haqda "Uzbekistan airports" xabar berdi.
Bugun bortida 61ta yo‘lovchisi bo‘lgan "Sukhoi Superjet 95" havo kemasi suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.
Sochidan Urganch xalqaro aeroportiga parvozlar haftada bir marta — chorshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, 27-martdan boshlab Rossiya aviatashuvchisi "Mineralnie Vodi — Samarqand — Mineralnie Vodi" yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar chastotasini oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning "Azimut" aviakompaniyasi 6-fevraldan boshlab Moskvadan Termizga parvozlar sonini oshirdi. Endi Termiz xalqaro aeroporti Vnukovo (Moskva) aeroportidan seshanba kunlari qo‘shimcha reys amalga oshiradi.
Shu bilan birga, aviakompaniya Sochidan Buxoroga yangi reysni yo‘lga qo‘ygan. "Sochi-Buxoro-Sochi" yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslar “Sukhoi Superjet 95” samolyotida haftada bir marta — yakshanba kunlari amalga oshiriladi.