TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Dollar jahon bozorida hukmronlik qilishdan to‘xtasa, Amerika Qo‘shma Shtatlari misli ko‘rilmagan darajada iqtisodiy inqirozga yuz tutadi, deydi CNN telekanali sharhlovchisi Farid Zakariya.
“Ukraina inqirozi va Vashingtonning Pekinga tobora qarama-qarshi yondashuvi Rossiya va Xitoy dollardan uzoqlashib, diversifikatsiya qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni tezlashtirgan mukammal bo‘ronni yaratdi”, - deydi ekspert.
Zakariya hozirgi moliyaviy inqiroz sharoitida dollar avvalgidek kuchayish o‘rniga zaiflashayotganini ta’kidlagan.
“Agar AQSh valyutasi haqiqatan ham mavqeyini yo‘qotayotgan bo‘lsa, AQSh fuqarolari xavotirga tushishni boshlashi kerak, chunki Vashington dunyoga amerikacha qarashli, yomon geosiyosiy odatlardan voz kechmoqchi emas”, - deydi ekspert.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Oq uy defitsitning o‘sishi haqida qayg‘urmay, ortiqcha xarajat qilishga o‘rganib qolgan: mamlakatning davlat qarzi so‘nggi 20-yil ichida qariyb besh baravarga o‘sgan, Federal zaxira tizimi esa bir necha bor Amerika iqtisodiyotini nosog‘lom manipulyatsiyalar orqali saqlab qolgan.
Xulosa qilinishicha, bularning barchasiga faqat dollarning o‘ziga xos maqomi tufayli ruxsat berilgan edi, lekin agar u o‘zgarsa, AQSh misli ko‘rilmagan jazoga duch keladi.