Toshkentda rossiyalik shifokorlar ishtirokida nurli diagnostika usullari tahlil qilindi

Poytaxtda O‘zbekiston, Rossiya va Niderlandiyadan nurli diagnostika sohasining tajribali vrachlari va MRT va KTni qo‘llash bo‘yicha mutaxassislar ishtirokida konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Toshkentga Rossiyaning yetakchi tibbiyot markazlari shifokorlari tashrif buyurdi. Ular M. Fodorovich nomidagi klinik sanatoriyda "O‘zbekiston Respublikasida nurli diagnostika rivojlanishining dolzarb masalalari" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etishdi.
Konferensiyada O‘zbekiston, Rossiya va Niderlandiyadan nurli diagnostika sohasining tajribali vrachlari va MRT va KTni qo‘llash bo‘yicha mutaxassislar, xususan, Moskva ilmiy-tadqiqot instituti diagnostikasi, A.N.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi milliy tibbiy tadqiqot markazi va boshqa tibbiyot markazlari mutaxassislari qatnashdi.
Konferensiyaning asosiy mavzusi – kompyuter va magnit-rezonans tomografiya sohasida yangi amaliyot va yechimlarni joriy qilish bo‘ldi.
Ilmiy-amaliy konferensiyaning birinchi kunida ishtirokchilar spektral KTning yurak va tayanch-harakat apparatini tekshirishda, onkologik amaliyotda u qanday qo‘llanilishi mumkinligi haqida so‘z yuritishdi. Shuningdek, MRT yordamida murakkab diagnostik vazifalarni hal qilish usullarini tahlil qildilar.

Ikkinchi kun mutaxassislar qiziqarli klinik holatlarni tahlil qilishdi va innovatsion tibbiy jihoz va dasturiy ta’minot amaliyotda qanday qo‘llanilishining shohidi bo‘lishdi.