TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Shimoliy Koreya koronavirus pandemiyasi sababli mamlakatning uch yillik izolyatsiyasidan keyin diplomatik faoliyatini qayta tiklashga tayyorlanmoqda. Bu haqda RIA Novosti "Financial Times" gazetasiga tayanib xabar berdi.
"Shimoliy Koreya xorijiy diplomatik faoliyatini qayta tiklashga tayyorlanmoqda, chunki (KXDR yetakchisi) Kim Chen In koronavirus pandemiyasi davrida uch yilga yopilgan mamlakatni bosqichma-bosqich qayta ochmoqda", - deyilgan xabarda.
Nashrning manbalarga tayanib yozishicha, Pxenyan yaqin oylarda xorijiy elchilarni rotatsiya qiladi. COVID-19 sababli 2020-yilda deyarli barcha diplomatik safarlar to‘xtatib qo‘yilgan edi.