Nodirbek Abdusattorov Toshkentda xalqaro shaxmat turnirida ishtirok etmoqda

Rustam Qosimjonov nomidagi xalqaro shaxmat turnirida dunyoning bir necha davlatlaridan 20 nafar kuchli shaxmatchilar ishtirok etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Toshkentda Rustam Qosimjonov nomidagi xalqaro shaxmat turnir boshlandi.
Unda Germaniya, Niderlandiya, Eron, Ozarbayjon va Xitoydan 20 nafar kuchli shaxmatchilar ishtirok etmoqda. Jumladan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abudusattorov ham.
Ishtirokchilar "Chellendjer" va "Masters" guruhlarida bellashadi. Musobaqa mukofot fondi $70 ming. G‘oliblar 30-mart kuni e’lon qilinadi.