Mirziyoyevga Ramazon munosabati bilan tabriklar kelmoqda

Xorijiy hamkorlar prezident va O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot va ravnaq yo‘lida yangi muvaffaqiyatlar tilagan.
Sputnik
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Ramazon oyi munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti nomiga xorijiy mamlakatlarning davlat va hukumatlari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat va din arboblaridan qutlovlar kelmoqda. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Tabriknomalarda xorijiy hamkorlar prezident Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston xalqiga o‘zining chuqur hurmat-ehtiromini bildirib, tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot va ravnaq yo‘lida yangi muvaffaqiyatlar tilagan.

Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud, Saudiya Arabistoni valiahdi, Vazirlar Kengashi raisi Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, BAA prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon, vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum, Quvayt amiri Tamim bin Hamad Ol Taniy, Kuvayt amirining o‘rinbosari Abdulloh bin Hamad Ol Taniy, Iordaniya podshohi Abdulla II, Falastin prezidenti Mahmud Abbos, Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha, Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda o‘z tabriklarini yo‘llagan.

Qutlovlar kelishda davom etmoqda.
Ramazon taqvimi — 2023

Ma’lumot uchun, 2023-yilda O‘zbekistonda muborak Ramazon oyining boshlanishi 23-mart kuniga to‘g‘ri keldi. Bu haqida O‘MI Ulamolar kengashi astronomik ma’lumotlarga tayangan holda 21-mart kuni e’lon qilgan edi. O‘zbekiston shaharlari uchun saharlik va iftorlik vaqtlari aks etgan 2023 yil Ramazon taqvimi bilan quyida tanishing.