Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina qo‘shinlarining Doneskni o‘qqa tutishi oqibatida tinch aholi jabrlandi

Ukraina harbiylari o‘qqa tutishi oqibatida ko‘p qavatli uyga zarar yetgan, ikki kishi yaralangan.
Sputnik
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Ukraina qo‘shinlari Doneskning Kuybishev tumanini o‘qqa tutdi. Bu haqda Ukraina harbiy jinoyatlari bilan bog‘liq masalalarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish birlashgan markazidagi DXR vakolatxonasi xabar berdi.
Shahar meri Aleksey Kulemzinning ma’lum qilishicha, Ukraina harbiylari o‘qqa tutishi oqibatida ko‘p qavatli uyga zarar yetgan, ikki kishi yaralangan.