"Wildberries" o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazadi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi ko‘magida tashkil etilgan uchrashuvlarda O‘zbekistondan 80 ga yaqin kompaniya ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. 27-28 mart kunlari Toshkentda Rossiyaning "Wildberries" marketpleysi vakillari o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi ko‘magida tashkil etilgan uchrashuvlarda O‘zbekistondan 80 ga yaqin kompaniya ishtirok etadi.
Vazirlikning Sputnik muxbiriga xabar berishicha, vazirlik va Rossiya riteyler kompaniyasi O‘zbekistonda Savdo-logistika markazini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladi.
Ushbu dastur doirasida kompaniya vakillari o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun marketpleysda ishlash bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazadi.
“Wildberries” - Rossiyaning universal formatdagi eng yirik onlayn gipermarketi. Bozorda kiyim-kechak, poyabzal, elektronika, bolalar va uy-ro‘zg‘or buyumlari va hatto oziq-ovqat mahsulotlari, kosmetika va boshqa tovarlar sotiladi. “Wildberries” tovarlarni sotish xizmati O‘zbekistonda 2022-yil fevral oyida ishlay boshlagan.