Toshkentda bahorgi mavsumda issiq suv 5 kunga o‘chirilmasligi ma’lum bo‘ldi

Ta’kidlanishicha, suvning o‘chirilishi kvartallar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Joriy yil bahorda Toshkentda issiq suvni 5 kunga o‘chirish rejalashtirilmayapti. Bu haqda “Veolia Energy Tashkent” matbuot xizmati xabar berdi.

“Issiqlik tarmoqlarining gidravlik sinovlari keyinroq boshlanadi. Bunda suvning o‘chirilishi butun shaharda bir vaqtni o‘zida emas, balki kvartallar bo‘yicha amalga oshiriladi”, - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, bunday yondashuv o‘tkaziladigan sinovlar sifatini oshiradi. Mutaxassislarning e’tibori issiqlik tarmog‘ining kichik bir qismiga qaratiladi, ya’ni tekshirish batafsilroq bo‘lib, ko‘proq nuqsonlarni aniqlaydi.