“Toshkent – Andijon – Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari qo‘yildi

6, 13, 20, 27-aprel kunlari 60/59-sonli “Toshkent — Andijon — Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha reyslar harakati yo‘lga qo‘yildi/
Sputnik
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Joriy yilning 6, 13, 20, 27-aprel kunlari 60/59-sonli “Toshkent — Andijon — Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha 4 ta reys harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Poyezd amaldagi jadval asosida harakatlanadi:
60-sonli “Toshkent — Andijon” yo‘nalishi, Toshkent 07:55 — Andijon 13:56;
59-sonli “Andijon — Toshkent” yo‘nalishi, Andijon 15:55 — Toshkent 21:45.
Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar burosidan bilib olish mumkin.