Suv polosi bo‘yicha OChda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 3-o‘rinni egalladi

Osiyo chempionati Singapurda 22-27 mart kunlari bo‘lib o‘tgan.
Sputnik
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Suv polosi bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 3-o‘rinni egalladi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qit’a birinchiligi Singapurda 22-27 mart kunlari bo‘lib o‘tgan.
Osiyo chempionatida 1-o‘rinni Qozog‘iston ayollar terma jamoasi egalladi, 2-o‘rin Tailand ayollar terma jamoasiga nasib etgan.