TOShKENT, 27 mar — Sputnik. O‘zbekistonlik sambochilar Rossiya poytaxti Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan an’anaviy "Sambo asoschilari kubogi"da 7 ta medalga sazovor bo‘lishdi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabar berdi.
O‘zbekiston vakillari xalqaro musobaqada 1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi.
Musobaqada sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sambochilar:
Oltin:
-71 kg: Dilshod Yo‘ldoshev
Kumush:
-64 kg: Sardor Olimjonov
-79 kg: Furqat Ro‘ziyev (jangovar sambo)
Bronza:
-79 kg: Shohjahon Temirov
-54 kg: Farog‘at Nurmamatova
-80 kg: Madina Salohiddinova
-64 kg: Lutfulla Saydamatov (jangovar sambo)