Referendum — 2023

Chet elda 55 ta referendum uchastkasi tuziladi

Konstitutsiya bo‘yicha o‘tkaziladigan referendum uchun chet davlatlarda 55 ta uchastkalari tuziladi.
Sputnik
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 55 ta referendum uchastkasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi (MSK) Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, jumladan, Rossiyada 7 ta referendum uchastkalari tuzish taklif etilmoqda. Xorijdagi referendum uchastkalari 14-Toshkent shahar referendum okrugiga biriktiriladi.
Xabarda referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalarining vakillari qatnashish huquqiga egaligi eslatilgan. Ularni MSK akkreditatsiyadan o‘tkazadi.
O‘zbekistonda 30-aprel kuni Konstitutsiya bo‘yicha referendum o‘tkazish rejalashtirilgan. Referendumda muddatidan oldin ovoz berish jarayoni 19-26 aprelda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid:

MSK referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish rejasini tasdiqladi
Konstitutsiya loyihasi matni e’lon qilindi — hujjat qachon kuchga kiradi?
Konstitutsiyaviy qonun loyihasini referendumga qo‘yishga monelik qiluvchi holatlar aniqlanmadi