O‘zbekistonlik dzudochilar Tbilisi “Katta dubulg‘a” turnirini uchta medal bilan yakunladi

Musobaqaning oxirgi kunida 100 kilogrammdan ortiq vazn toifasida o‘zbekistonlik Shohruh Baxtiyorov bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Sputnik
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Gruziya poytaxtida dzudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi uchta medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Musobaqaning oxirgi kunida 100 kilogrammdan ortiq vazn toifasida o‘zbekistonlik Shohruh Baxtiyorov bronza medalini qo‘lga kiritdi. Sportchi uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda slovakiyalik Marius Fizeldan ustun keldi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha turnir davomida Diyora Keldiyorova (-52 kg) oltin, Obidxon No‘monov (-73 kg) kumush medali bilan taqdirlangan edi.