O‘zbekistonlik bokschilar Bishkekdagi turnirda ikkita oltin medalga ega chiqdi

Xalqaro musobaqada 10 ga yaqin jamoa ishtirok etdi.
Sputnik
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. 21-25 mart kunlari Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Sobiq Ittifoq qahramoni Duyshenkul Shopokov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik bokschilar ikkita oltin medalga ega chiqdi.
Xalqaro musobaqada 10 ga yaqin jamoa ishtirok etdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik bokschilar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:
Oltin:
-60 kg: Mirkomil Saidoxunov;
-67 kg: Javlonbek Yo‘ldoshev.
Kumush:
-51 kg: Abdumajid Mannopov;
-54 kg: Xo‘janazar Nortojiyev;
-57 kg: Sanjarbek Vahobov;
-63 kg: Farozbek Hakimov;
-86 kg: Samandar Jalolov.
Bronza:
-60 kg: Rahmatillo Toshpo‘latov;
-60 kg: Ayubxon Baxtiyorov;
-63 kg: Lazizbek Fattoyev;
-67 kg: Ilosbek Mamadismoilov;
-71 kg: Sardor Abdumutaliyev;
-80 kg: Shoyadbek Xoldorov;
-92 kg: Nurmuhammad Ahmedov;
-92 kg: Nusrat Tohirov.