TOShKENT, 27 mar — Sputnik. NATO davlatlari o‘zlarining asosiy maqsadi – Rossiyani jang maydonida mag‘lub etib, keyin uni parchalab tashlash ekanini yashirmay, Ukrainadan bitta katta harbiy lager yaratdi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev ta’kidladi.
“Aslida, NATO davlatlari mojaro tarafidadir. Ular Ukrainadan yirik harbiy lager yaratdi. Ular Ukraina qo‘shinlariga qurol va o‘q-dorilar jo‘natmoqda, ularni razvedka ma’lumotlari bilan ta’minlamoqda”, - dedi Patrushev “Rossiyskaya gazeta”ga bergan intervyusida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, NATO instruktorlari va maslahatchilari ukrainalik harbiylarni tayyorlaydi, yollanma askarlar esa neonatsist batalonlari tarkibida jang qiladi.
“Ushbu harbiy qarama-qarshilikni iloji boricha cho‘zishga urinib, ular o‘zlarining asosiy maqsadlari – Rossiyani jang maydonida mag‘lubiyatga uchratish va uni parchalab tashlash ekanini yashirishmayapti”, — dedi Patrushev.
Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.