Gibrid avtomobillarga alohida farqlovchi davlat raqami beriladi

Endi elektromobillarga beriladigan alohida farqlovchi davlat raqami belgilari gibrid avtomobillarga ham beriladi
Sputnik
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. O‘zbekistonda gibrid avtomobillarga (akkumulyator va benzin) alohida farqlovchi davlat raqami beriladi. Bu Hukumatning 25-martdagi qarori bilan ayrim qarorlarga kiritilgan o‘zgartirishlarda nazarda tutilgan.

“Unga ko‘ra elektromobillarga beriladigan alohida farqlovchi davlat raqami belgilari gibrid avtomobillarga ham beriladi”, - deyiladi Adliya vazirligi xabarida.

O‘zbekistonda 2021-yil noyabrdan elektromobillar uchun alohida davlat belgili raqam berish yo‘lga qo‘yilgandi. Bu raqamlarning hudud kodi ko‘rsatilgan qismi yashil rangda.
Avvalroq elektromobillar va gibrid avtomobillar 2030-yilgacha bojdan ozod etilishi xabar qilingan edi.