G‘arb moliyasining jon talvasasi kutilmaganda boshlandi

"Dunyoning yangi geosiyosiy qutblarga bo‘linishi xavfi — ular o‘rtasida iqtisodiy va shafqatsiz raqobatga olib keladi”, deya ta’kidlamoqda XVJ rahbari Kristalina Georgiyeva.
Sputnik
TOShKENT, 27 mar — Sputnik Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) rahbari og‘ir vaziyatga shama qildi. Noaniqlik saqlanib qolmoqda, “juda yuqori darajada”, chunki “dunyoning urushayotgan yangi geosiyosiy qismlarga bo‘linishi xavfi ular o‘rtasida iqtisodiy va shafqatsiz raqobatga olib keladi”, deya ta’kidladi Kristalina Georgiyeva. Shubhasiz, “qashshoqlik hammaga ta’sir qiladi”.
XVJ rahbarining so‘zlari bilan Makron va Sholsning ikki kun avval “Yevropa banklari va Yevropa moliya tizimining barqarorligi” haqidagi so‘zlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik juda hayratlanarli darajada. Germaniya kansleri va Fransiya prezidentidan barqarorlik haqidagi so‘zlarni deyarli sug‘urib olishga to‘g‘ri keldi, chunki aynan o‘sha kuni "Deutsche Bank" aksiyalari narxi yorug‘lik tezligida pasga quladi. Gerr Olaf "Hammasi yaxshi, ajoyib, go‘zal markiza", deya kuylayotan bir paytda Merkel davrida Moliya vazirligining rahbari bo‘lgan Shols, “daromadli bank” (bu uning iborasi) bor budini – kapitallashuvdan tortib investorlar ishonchigacha yo‘qotdi.

Makron – ham moliya olamida begona emas – u ham Shols kabi qo‘shiq kuylashga qaror qildi. Umuman olganda, hammasi joyida, xavotir olmang, deya ishontirmoqchi bo‘ldi jamoatchilikni Fransiya rahbari.

Biroq, Amerika banklari bilan deyarli chambarchas bog‘liq bo‘lgan Yevropa va Shveysariya moliya tizimida ulkan to‘lqinlar paydo bo‘lmoqda. Inflyatsiya charxpalagi qanchalik tez aylansa ushbu to‘liqnlar balandligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Yevropa Markaziy banki vaziyatni jilovlash uchun hammaga “arzon pullar” (kreditlar bo‘yicha minimal foiz stavkalari) davri tugaganini bildirishi kerak. Hukumatlar iqtisodga istaganida milliardlarni sarf qilish davri tugadi va endi ertangi kun qanday o‘tkazish haqida o‘ylash kerak bo‘ladi.
Yangi rejalarni esa, yirik Rossiya bozori va energiya resurslari va xom ashyosi yo‘qligi sharoitida tuzish kerak bo‘ladi. Rossiya iste’mol bozori ancha yirik edi, u Yevropadan ko‘p narsa xarid qilardi, aksariyat sifatli va qimmat mahsulotlar. Yevropaliklar shosha-pisha sanksiyalar cheklovi kiritmoqchi bo‘lganda ayrim bankirlar to‘xtatmoqchi bo‘lishdi, lekin buni kattalar eshitmadi. Darvoqe ular orasida Deutsche Bank direktori ham bor edi. Uzoqni ko‘ra bilmaydigan yevropalik moliyachilar moliya hisoboti omon bo‘lsa iqtisod barqaror bo‘ladi va inqiroz hech qanchon yetib kelmaydi deb o‘ylashgan edi. Lekin pul-kredit tizimi boshqa qonunlar asosida yashaydi va bugungi vaziyatda u iqtisodga kuchli "shapaloqlar" tushira boshladi.
YeIga a’zo bo‘lmagan Shveysariya "Credit Suisse"ni saqlab qolish uchun taxminan 50 milliard frank sarflashga majbur bo‘ldi. Taqqoslash uchun, Alp konfederatsiyasining yalpi ichki mahsuloti 800 milliard frankni tashkil qiladi. Bern domino effektining oldini olish uchun "Credit Suisse"ni boshqa bank – USB zimmasiga ilib yukladi. "Credit Suisse" buxgalteriya hisobiga sakkiz yildan beri ishonib bo‘lmasligini hamma bilardi. Investitsion menejer Patris Leskodron yuz millionlab mijozlarning (jumladan, boy ruslarning) pullarini o‘g‘irlagan. Hisobotlarni fotoshop yordamida soxtalashtirgan, raqamlarni chizgan, "Credit Suisse" esa hammasiga ko‘z yumib kelgan. Leskodron sudlandi (faqat o‘g‘irlikning o‘zini isbotlashga muvaffaq bo‘lishdi, ammo bank rahbariyati jazodan qutulib qoldi) va qamoqqa jo‘natildi.

Ishlab chiqarish pasayib, inflyatsiya ko‘tarilganda, tanazzul boshlanganda, ishsizlik mehnat bozorini qamrab olganida, jumladan, nafaqat o‘rta bo‘g‘in ishchilari(kuk ko‘ylaklar), balki yuqori maoshli (oq yoqalar) ham, hukumatlar uchun bularning barchasi chivin chaqqandek ham bo‘lmaydi. Ular buni “iqtisodning davriyligi" bilan izohlashadi va inqirozdan keyin “darhol o‘sish kuzatishini” ta’kidlashadi.

Ammo banklar chayqalishni boshlasa - bu globalistlar uchun jiddiy ogohlantirish belgisidir. Ma’nosi, agar qisqa vaqt ichida hisob raqamlari to‘ldirilmasa uzoq yillar davomida “og‘ir mehnat bilan jamlangan” boyliklar bir zumda yo‘q bo‘ladi. Shols va Makronning Brusseldagi “psixoterapiyasi” aynan shu haqida. Investorlarni tinchlantirish uchun. Bularning barchasi ishonch qoldiqlarini saqlab qolish, investorlar obligatsiya va aksiyalarni sotib olishni davom ettirishi, buxgalteriya kitoblarini ochishni talab qilmasliklari va mustaqil audit o‘tkazmasliklari uchun.
Ammo investorlar ham ahmoq emas, agar aylanma asosiy zaxira valyutalarida saqlanayotgan banklar chayqalishni boshlagan bo‘lsa, o‘z aktivlarni asta-sekin va ehtiyotkorlik bilan hukumat moliyaviy vaziyatni nazorat ostida ushlab turadigan joyga o‘tkazish yaxshiroq ekanini tushunishadi.
Birgina "Lehman Brothers" bankining bankrotligi 15-yil oldin faqat Yer shari miqyosidagi inqirozga olib kelgan edi. Agar uchta, to‘rtta, beshta bank tanazzulga uchrasa nima bo‘ladi? Uning ustiga hozirgi geosiyosiy qarama-qarshilik sharoitida? Bir narsa aniq – oxirat nafaqat G‘arbning siyosiy tizimiga, balki u turgan moliyaviy poydevorga ham yetib kelgan. Uning jon talvasasi esa azobli bo‘ladi.