Yanvar-fevral oylarida nechta elektromobil import qilindi?

Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 562 taga oshgan.
Sputnik
TOShKENT, 26 mar — Sputnik. O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-fevral oylarida 8 ta xorijiy davlatdan qiymati 26,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 786 dona elektromobil import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotlari darak bermoqda.
Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 562 taga oshgan.
O‘zbekiston 2 oyda eng ko‘p elektromobilni Xitoydan (705 ta) import qilgan.
Shuningdek, Gonkong (56 ta), Germaniya (15 ta), BAA (5 ta), Koreyadan (2 ta) elektromobillar import qilingan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2022-yilda xorijdan qiymati 69,8 million dollarga teng bo‘lgan 2 180 dona elektromobil import qilgan.