“Uzbekistan Airways”ning 27-martdagi Frankfurtga parvozi bekor qilindi

Bunga Germaniya aviatsiya sohasi xodimlari 27-mart kuni ish tashlash o‘tkazishi va shu munosabat bilan Frankfurt xalqaro aeroporti faoliyati to‘xtatilishi sabab bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 26 mar — Sputnik. “Uzbekistan Airways”ning ertaga, 27-martdagi Frankfurtga reysi bekor qilindi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Bunga Germaniya aviatsiya sohasi xodimlari 27-mart kuni ish tashlash o‘tkazishi va shu munosabat bilan Frankfurt xalqaro aeroporti faoliyati to‘xtatilishi sabab bo‘ldi.
“Shu munosabat bilan, Toshkent-Frankfurt-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY231/232 reyslari faqat 27-mart kuni bekor qilinadi va yo‘lovchilar 29-mart kuni navbatdagi HY231/232 reyslari bilan o‘z manzillariga yetkaziladi”, - deyiladi xabarda.
Yo‘lovchilardan yuzaga kelgan vaziyatni to‘g‘ri tushunishlari so‘ralgan.