TOShKENT, 26 mar — Sputnik. O‘zbekistonlik dzudochi Obidxon No‘monov Tbilisi “Katta dubulg‘a” turnirining kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
73 kilogrammgacha vazn toifasida finalgacha yetib borgan Obidxon No‘monov shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi. Sportchi final bellashuvida mo‘g‘ulistonlik Erdenbayar Batzayaga imkoniyatni boy berdi.
Bu No‘monov uchun “Katta dubulg‘a” turnirlaridagi uchinchi medal bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Diyora Keldiyorova 52 kilogrammgacha vazn toifasida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan edi.