OAV: YeI Markaziy Osiyo mamlakatlariga qarshi sanksiyalar joriy etishni rejalashtirmoqda

Yevropa poytaxtlari Moskvaga jazo choralarini chetlab o‘tishga yordam berayotgan davlatlarga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash rejalarini muhokama qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo mamlakatlariga qarshi sanksiyalar joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda RIA Novsti “Telegraph” nashriga tayanib xabar berdi.
“Yevropa poytaxtlari Moskvaga jazo choralarini chetlab o‘tishga yordam berayotgan davlatlarga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash rejalarini muhokama qilmoqda”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Yevropa Ittifoqi vakillari Markaziy Osiyo mamlakatlariga ikki tomonlama foydalanish texnologiyalari bo‘lgan mahsulotlar yetkazib berish hajmi oshganini qayd etgan.
Gap kir yuvish mashinalari va foydalanilgan avtomobillar haqida ketmoqda. Maqolada ta’kidlanganidek, Brussel bu texnologiyalar Rossiyaga kirib borishidan havotirda.
Nashrning yozishicha, agar YeI reeksport dalillarini topsa, u har qanday davlat, korxona yoki jismoniy shaxslarning yagona bozoriga kirishini cheklashi mumkin.
Biroq Brussel ham Markaziy Osiyo davlatlari bilan muzokaralar olib borish, ularni sanksiyalarni chetlab o‘tishga yordam berish oqibatlaridan ogohlantirish niyatida.