Tojikistonda zilziladan ko‘rilgan zararlar hisoblandi

Ta’kidlanishicha, hozirda yetkazilgan zarar miqdori respublika komissiyasi tomonidan hisoblab chiqilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila oqibatida Rasht, Nurobod va Sangvor tumanlarida 40 ta binoga zarar yetgan. Bu haqda Sputnik Tojikiston yozmoqda.
Ta’kidlanishicha, ketma-ket silkinishlar oqibatida Rasht tumanining qator qishloqlaridagi 27 ta turar-joy binolarida devorlarda yoriqlar borligi aniqlangan.
Shuningdek, Nurobod tumani Tegirmi qishlog‘ida 2 ta turar-joy binosiga jiddiy shikast yetgan, yana 10 ta bino qisman zarar ko‘rgan, maktab va tuman hokimligi binolari ham zarar ko‘rgan.
Sangvor tumanidagi Farking qishlog‘ida bir xonadon qisman shikastlangan.Ta’kidlanishicha, hozirda yetkazilgan zarar miqdori respublika komissiyasi tomonidan hisoblab chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 23-martga o‘tar kechasi Tojikistonda qator zilzilalar kuzatildi. Zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi.