TOShKENT, 25 mar — Sputnik. “Tashabbusli budjet” loyihasiga Face ID orqali ovoz berish tizimi joriy etilmayli. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Qudbiyev ma’lum qildi.
Avvalroq Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Tashabbusli budjet” loyihasiga Face ID orqali ovoz berish tizimi joriy etilishini ma’lum qilgan edi. Bu bo‘yicha vazir Sherzod Qudbiyev “Tashabbusli budjet”ni takomillashtirishga oid takliflar yuzasidan munosabat bildirdi.
“Face ID bo‘lmaydi. Matbuot xizmati shoshilib, hali xom takliflarni e’lon qilgan. Bunday tizim kuzda tutilmayapti. Yaxshi ishlab turgan tizimga o‘zgartirish kiritishdan oldin ochiq so‘rovnoma o‘tkazib, undan keyin qaror qabul qilish kerak bo‘ladi”, deydi vazir.