TOShKENT, 25 mar — Sputnik. O‘zbekistonlik olimlar onkologik kasalliklarni 99 foizgacha davolaydigan yangi dori yaratdi, deya xabar berdi O‘zA.
Ushbu dorining bir dozasi hozirda AQShda 70 000 dollarga, Yevropada esa taxminan 25 000 dollarga sotilmoqda. O‘zbekistonda ushbu dorini respublikaning 3 ta onkologiya klinikasiga 1,5 ming dollardan yetkazib berishni boshlashdi.
Preparat
© O‘zA
Tarkibi “lyutetsiy-177” radioizotopi va unga biriktirilgan prostata spetsifik membranali “antigen-617” degan oqsil moddasidan iborat.
Ushbu oqsil moddasi “lyutetsiy-177” radioizotopini organizmning saraton metastazalari bo‘lgan joylariga yetkazib beruvchi transport vositasi vazifasini bajaradi. “Lyutetsiy-177” radioaktiv izotopi saraton o‘smalari ichiga kirib, o‘zining radioaktiv nurlari bilan o‘smalarni kuydiradi.
Bu nurlarning o‘tish masofasi 1-2 millimetrni tashkil qilgani sababli ular o‘smani ichidan yemirib, atrofidagi sog‘lom to‘qimalarga zararli ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu bilan o‘smalarni operatsiyasiz davolash imkoni tug‘iladi.
“Hozirgi kunda bu dori 4-bosqichdagi rak kasalligining 97-99 foizgacha tuzalishini ta’minlayapti. Jahondagi tibbiyotchilar revolyutsion dorilar qatoriga kiruvchi bu preparatga “fantastik natija”, deb baho berishapti”, deyiladi xabarda.
Bu dori vositasi “Radiopreparat” davlat korxonasi va Radiokimyo ilmiy laboratoriyasi olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar mahsuli hisoblanadi.
Preparat
© O‘zA
Fotosuratda tanasi saraton metastazlari bilan qoplangan (chapda) va 2-3 oy davomida lutetium-177 PSMA-617 bilan davolashdan so‘ng (o‘ngda) 4 bemorning rasmlari ko‘rsatilgan.