TOShKENT, 25 mar — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden Kanada parlamentida Kanadani Xitoy bilan adashtirib yubordi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Bayden Kanadaga tashrif buyurib, u yerda bosh vazir Jastin Trudo bilan uchrashdi, mahalliy parlamentariylar oldida tantanali nutq so‘zladi.
"Bugun men Xitoyni faollashgani uchun olqishlayman... Kechirasiz, men Kanadani olqishlayman. Xitoy haqida nima deb o‘ylayotganimni tushunasiz. Ammo hozircha bu haqda gapirmaylik", - dedi u.