Uranli snaradlar ukrainaliklar sog‘lig‘iga zarar yetkazadi - Rossiya Mudofaa vazirligi

Rossiya Qurolli kuchlari Radiatsiya, kimoviy va biologik himoya kuchlari boshlig‘i Kiyevga uranli qurol yetkazib berish oqibatlaridan ogohlantirdi.
Sputnik
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Uranli o‘q-dorilar qo‘llanishi Ukraina harbiylari va aholisi sog‘lig‘iga tuzalmas zarar yetkazadi, biroq NATO ularni Kiyevga yetkazib berishga tayyor. Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlari Radiatsiya, kimoviy va biologik himoya kuchlari (RKBH) boshlig‘i Igor Kirillov ma’lum qildi.
“Bunday o‘q-dorilarni (zaiflashtirilgan uranli) qo‘llash Ukraina Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari va mahalliy aholi salomatligiga tuzalmas zarar yetkazishiga qaramay, NATO mamlakatlari, xususan, Buyuk Britaniya Kiyev rejimiga qurolning bunday turini yetkazib berishga tayyorligini bildirmoqda”, - dedi Kirillov. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya mudofaa vaziri o‘rinbosari Annabel Goldi London Kiyevga zaiflashtirilgan uranli o‘q-dorilarni yetkazib berishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin shu xabarga munosabat bildirib, agar G‘arb yadro qismlari bo‘lgan qurolni qo‘llay boshlasa, Rossiyaga bunga javob qaytarishga majbur bo‘lishini ta’kidlagandi. G‘arb Rossiya bilan og‘izda emas, balki amalda so‘nggi ukrain qolguncha jang qilishga qaror qilgan. Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin Ukrainaga zaiflashtirilgan uranli o‘q-dori yetkazib berish keng ko‘lamdagi fojiaga olib kelishi va birinchi navbatda Yevropaga ta’sir qilishini ma’lum qildi. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova esa Britaniyani Ukrainani yo‘q qilish niyatidalikda aybladi.

Mavzuga oid:

Serbiyalik yurist: Ukrainada uran qo‘llanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, bu harbiy jinoyat
Lukashenko Ukrainaga uranli snaradlar yetkazib berilishiga Rossiya qanday javob berishini aytdi