TOShKENT, 24 mar — Sputnik. O‘zbekiston Belarus poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasida ishtirok etmoqda.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, kitobxonlar Tog‘ay Murod, Tohir Malik, Muhammad Yusuf kabi ijodkorlarning asarlariga qiziqish bildirmoqda.
Minsk shahrida "Chegaralarsiz kitob olami" XXX Minsk xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.
An’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan tadbirda bu yil 20dan ortiq mamlakatdan kitob savdo, matbaa korxonasi, nashriyotlar, shu jumladan, O‘zbekiston nashriyot va kitob savdo tashkiloti ishtirok etmoqda.
XXX Minskaya mejdunarodnaya knijnaya vistavka-yarmarka
© BELTA
O‘zbekistondan 10 ga yaqin nashriyotning turli janr va yo‘nalishdagi 100 dan ortiq kitobi namoyish etilmoqda.
“Ko‘rgazmada Tog‘ay Murod, Tohir Malik, Muhammad Yusuf kabi ijodkorlarning asarlariga qiziqish bildirilmoqda. Shuningdek turizm, milliy taomlar, O‘zbekiston tarixiga oid asarlar, jadidlar to‘plami, badiiy adabiyotlar va ularning dizayniga ham qiziqish bor”, - deyiladi xabarda.
Minsk xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi 26-martga qadar davom etadi.