Toshkent metrosining yangi bekatlarida poyezdlar sinov tariqasida qatnay boshladi

Qo‘yliq – Sergeli yo‘nalishida qurilgan 5 ta bekatda sinov tariqasida poyezdlar texnik qatnovi boshlandi.
Sputnik
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Toshkent meropoliteni Yer usti halqa yo‘lining ikkinchi bosqichi Qo‘yliq – Sergeli yo‘nalishida qurib bitkazilgan 5 ta bekatda sinov tariqasida poyezdlarning texnik qatnovi boshlandi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Hozir Yer usti halqa metro yo‘lining ikkinchi bosqichi – 8,5 km uzunlikdagi 5 ta bekatni o‘z ichiga olgan "Qo‘yliq–Quruvchilar" qismi qurib bitkazilgan. Loyihaning 3,8 km uzunlikdagi 2 ta bekatni o‘z ichiga oluvchi "Quruvchilar–Qipchoq" qismida qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Texnik sinovlardan so‘ng mazkur yo‘nalishda yo‘lovchi tashuvlarining boshlanishi natijasida bir kunda 40 mingga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.
1 / 7
2 / 7
3 / 7
4 / 7
5 / 7
6 / 7
7 / 7