Bugun 5 balli magnit bo‘roni kuzatiladi

Magnit bo‘roning G3 darajadagi yuqori faolligi tush paytiga to‘g‘ri keladi.
Sputnik
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Bugun G3 darajali 5 balli magnit bo‘ronlari kuzatiladi. Bu haqda O‘zgidromet mutaxassisi Erkin Abdulahatov ma’lum qildi.
Aytilishicha, magnit bo‘roning G3 darajadagi yuqori faolligi tush paytiga to‘g‘ri keladi. G3 daraja - ko‘pchilik uchun xavfli daraja emas.
Magnit bo‘ronlari G3 darajali davrda ayrimlarda bosh qismining orqa tomonida kuchsiz og‘rish kuzatiladi. Bu paytda shu kabi insonlarga kamroq harakat qilish hamda uyda ko‘proq o‘tirish tavsiya etiladi.
Bu omilning organizmga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida, ovqatlanish ratsionlariga baliq va ko‘kat mahsulotlarini kiritish, iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Bu vaqt oralig‘ida yuqoridagi omilni o‘zida sezayotgan kishilarga chekish, alkogol mahsulotlari va qahva ichish hamda jismoniy zo‘riqish tavsiya etilmaydi.